📙 Darslikda nazariy elektrotexnikaga tegishli bo'lgan tayanch tushunchalar, atamalar, o'zgarmas va bir fazali sinusoidal tok chiziqli elektr zanjirlari, induktiv bo'g'langan zanjirlar, to'rtqutbliklar, elektr filtrlari, uch fazali zanjirlar, nosinusoidal tok chiziqli elektr zanjirlari, chiziqli elektr zanjirlaridagi o'tkinchi jarayonlar, tarqoq parametric zanjirlar, passiv ikki qutbliklar va to'rtqutbliklar sintezi, o'zgarmas tok nochiziq elektr va magnit zanjirlari, o'zgaruvchan tok nochiziq elektr zanjirlari, elektrostatik maydon, o'zgarmas tokning elektr va magnit maydonlari va o'zgaruvchan elektromagnit maydonni hisoblash usullariga oid tegishli bakalavriat yo'nalishlarida ta'lim olayotgan talabalar uchun yetarli darajada bo'lgan ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, har bir bob tegishli masalalar va nazorat savollari bilan to'ldirilgan.Darslik 5310200, 5310600, 5310700, 5310800, 5311000, 5311100, 5430200 ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan professor-o'qituvchilar, ishlab chiqarish sohalarining mutaxassislari, muhandislar, magistrantlar va ilmiy-texnik xodimlar hamda malaka oshirish kurslarining tinglovchilari ham foydalanishlari mumkin.